image

SOEP

Texnik hujjatlar , Veb-sayt va CRM tizimlar

Mijozlar Respublika Seysmoprognostik Monitoring Markazi
Loyiha turi Texnik hujjatlar , Veb-sayt va CRM tizimlar
Ishlab chiqilgan vaqt Iyun 2023 - Sentabr 2023
Saytga o’tish image
image
image

Loyiha buyurtmachisi: FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Amalga oshirilgan davri: 01.06.2023y. - 01.09.2023y.

Ushbu platforma Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “ Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2023 yil 16 maydagi PQ-158-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Respublika hududidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimini shakllantirish doirasida ishlab chiqilgan.

Loyiha haqida qisqacha ma'lumot: SOEP - bu "Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish" elektron platformasidir. Ushbu veb tizim 2023-yilda yaratilgan. Ushbu tizimni yaratishdan asosiy maqsad – Respublika hududidagi suv omborlarida olib borilayotgan seysmologik va boshqa kuzatuv maʼlumotlarini tegishli vazirlik va idoralar bilan elektron platforma orqali almashish, tahlil qilish va platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʼgʼonlarining dinamik xossalarini oʼrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholab borish.

Platformani yaratish maqsadlari quyidagilardan iborat: 

  1. Seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar yoʼlga qoʼyilgan suv omborlari toʼgʼonlarida MSK-64 shkalasi boʼyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda seysmometrik va seysmometrik kuzatuv maʼlumotlarini birlamchi tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish;
  2. Idoralararo maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash;
  3. Suv omborlari toʼgʼonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish;
  4. Suv omborlarini toʼldirish bilan bogʼliq zilzilalarni monitoring qilish;
  5. Suv omborlarini suv bilan toʼldirish va suvdan foydalanish jarayonida seysmik rejimning oʼzgarishini baholash;
  6. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
  7. Tahliliy axborot va tartibga solinadigan hisobotlarni shakllantirish;
  8. Boshqa tashkilotlar va boʼysunuvchi muassasalar bilan maʼlumot almashish.

Loyiha imkoniyatlari: Veb tizimni ishlab chiquvchi tomonidan quyidagi imkoniyatlar tizim foydalanuvchilari uchun yaratilgan:

  1. Suv omborlari to'g'onlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish;
  2. Suv omborlarini to'ldirish bilan bog'liq zilzilalarni monitoring qilish;
  3. Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimini shakllantirish;
  4. Suv omborlarini suv bilan to'ldirish va suvdan foydalanish jarayonida seysmik rejimning o'zgarishini baholash;
  5. Va boshqa imkoniyatlar.

Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim

image

Respublika Seysmoprognostik Monitoring Markazi

Mijoz
🛑 Seysmologik kuzatuvlar bo‘yicha yagona platforma yo‘q edi.
🛑 Kuzatuv natijalari turli tashkilotlar o‘rtasida uzilukli uzatilmasdi.
🛑 To‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish murakkab edi.
🛑 Zilzilalar bilan bog‘liq xavf darajasi real vaqt rejimida baholanmas edi.
🛑 Hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish ko‘p vaqt talab qilardi.
15:42
image

Progress Solution Technologies

Kompaniya
✅ Seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar uchun yagona elektron platforma.
✅ Idoralararo avtomatik maʼlumot almashinuvi.
✅ Platforma orqali real vaqt rejimida zilzila holatlarini tahlil qilish.
✅ To‘g‘onlarning deformatsiyaviy holatini baholash imkoniyati.
✅ Tez va samarali tarzda hisobotlar hamda tahliliy materiallar tayyorlash.
image 16:15

Texnologik yechimlar

Figma
Laravel
HTML
CSS
JavaScript
PostgreSQL

Ish jarayoni

Tahlil va rejalashtirish

Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.

Dizayn va ishlab chiqish

Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.

Sinov va takomillashtirish

Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal natijaga yetamiz.

Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash

Loyihani ishga tushiramiz va barqaror ishlashini ta'minlaymiz.

Loyihadan vizual lavhalar

Keyingi loyiha

Xalq Ta'limi Info