-
Fevral 9, 2025
-
2441
Texnik topshiriqnoma yaratib berish xizmati
Dasturiy ta’minot yaratishdan avval loyihaning texnik topshiriqnomasini yaratib olish muhimdir. To‘liq va aniq texnik topshiriqnoma tayyorlash – muvaffaqiyatli loyiha boshqaruvini va sifatli yechimlarni yaratishda eng dastlabki bosqichdir.
Texnik topshiriqnoma – bu loyiha yoki mahsulotni ishlab chiqish jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, funksiyalar, texnik talablar va rejalashtirilgan natijalarni batafsil bayon etuvchi hujjatdir. U mijoz va ishlab chiquvchi o‘rtasida kelishiluvchi asosiy hujjat bo‘lib, loyiha doirasidagi barcha jarayonlarni yagona yo‘nalishda olib borish uchun zarur vositadir.
Nima uchun texnik topshiriqnoma muhim?
- Aniq yo‘l xaritasini belgilaydi. Texnik topshiriqnoma asosida loyihaning maqsadlari, funksional talablar va texnik xususiyatlar aniq belgilab qo‘yiladi. Bu esa loyihani rejalashtirish va bajarishda xatoliklarni kamaytiradi;
- Investorlar va hamkorlar uchun ishonchli asos. Investorlar uchun loyiha hujjatlarining aniqligi va to‘liqligi ularning ishonchini qozonishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Yaxshi tayyorlangan texnik topshiriqnoma investorlarning kelgusidagi loyihaga sarmoya kiritish qarorini mustahkamlaydi;
- Loyiha bajarilishini nazorat qiladi. Loyihaning bajarilish jarayoni aniq belgilangan talablar va vazifalar asosida kuzatilib boriladi, bu esa ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi;
- Mijoz talablarini to‘liq qondirish. Texnik topshiriqnoma mijozning barcha talablarini, ehtiyojlarini va biznes maqsadlarini hujjatlashtirib beradi. Natijada loyiha yakunida mijoz kutgan natijalarga erishish osonlashadi;
- Risklarni minimallashtiradi. Loyihaning barcha bosqichlari aniq belgilanganligi sababli, noaniqlik va xatoliklar kamayadi. Bu esa loyiha bajarilishidagi risklarni sezilarli darajada pasaytiradi.
“Progress Solution Technologies” korxonasi Loyihalarga texnik topshiriqnomalar yaratishda katta tajribaga ega. Korxona ham davlat tashkilotlariga, ham xususiy tashkilotlarga texnik topshiriqnoma yaratish tajribasiga ega. Shu o’rinda davlat tashkilotlariga texnik topshiriqnoma yaratishda “Oʻz DSt 1987-2018” hamda “ISO/IEC 25051:2014” talablariga mos holda yozishimizni aytib o’tamiz.
Hozirgi kunga qadar 20 dan ortiq texnik topshiriqnomalarni yozib mijozlarga topshirgan. Quyida korxonamiz tomonidan yozib berilgan ayrim texnik topshiriqnomalardan namunalar keltiramiz:
1. «Davaktiv Finance» axborot tizimi - https://progress-solution.uz/tors/davaktiv-finance;
2. «Davaktiv» mobil ilovasi - https://progress-solution.uz/tors/davaktiv-mi;
3. «SOEP» elektron platformasi – https://progress-solution.uz/tors/soep;
4. «KZO FVV» mobil ilovasi – https://progress-solution.uz/tors/kzo;
5. «SMRM» axborot tizimi– https://progress-solution.uz/tors/geofizik;
6. «Hujjatlarni boshqarish» axborot tizimi – https://progress-solution.uz/tors/hujjatlar;
7. «EDUNI» elektron platformasi - https://progress-solution.uz/tors/lms.
Texnik topshiriqnomani shakllantirish bosqichlari
Texnik topshiriqnomalarni shakllantirishda quyidagi ketma-ketlikdagi ishlarni amalga oshiramiz:
- Boshlang’ich ma’lumotlarni tahlil qilish;
- Talablarni aniqlashtirish;
- Texnik topshiriqnomani shakllantirish:
- Mijoz tomonidan ko‘rib chiqish va tahrirlash:
- Yakuniy hujjatni tasdiqlash va qo‘llab-quvvatlash.