Respublika Seysmoprognostik Monitoring Markazi
#seysmoprognoz
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida, transchegaraviy hududlarda hamda tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni tashkil etish;
-
Respublika hududida kompleks-prognostik kuzatuvlarni amalga oshirish, ma’lumotlarni to‘plash va uzatish hamda ularning dastlabki tahlilini bajarish;
-
Respublika bo‘yicha kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish va takomillashtirish.
Bizning hamkorligimiz
Markazga yuklatilgan vazifalar asosida u quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-
O‘zbekiston Respublikasi hududi, transchegaraviy hududlar hamda tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni tashkil etadi;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida seysmologik monitoringni tashkil etadi va seysmik stansiyalarning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
-
Seysmik kuzatuvlar tarmog‘i va stansiyalar samaradorligini doimiy ravishda baholaydi va takomillashtiradi;
-
Respublikaning tabiiy va texnogen xavfli hududlarida hamda muhim obyektlarda seysmik xavfni monitoring qilish maqsadida seysmologik kuzatuvlarni olib boradi;
-
Seysmik faol zonalarda joylashgan suv omborlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshiradi;
-
Respublika hududidagi neft, gaz va qattiq foydali qazilmalar konlarida yer qobig‘ining kuchlanish va deformatsiya holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qiladi;
-
Seysmometrik kuzatuv ma’lumotlarini jamlaydi, qayta ishlaydi va ma’lumotlar bazasini yaratadi;
-
Qayta ishlangan ma’lumotlar asosida Respublika hududidagi seysmik vaziyatni dastlabki tahlilini amalga oshiradi.