image

MEDIA MAORIF

#ta'lim

image image Qisqacha tavsif
Xalqtaliminfo.uz sayti O‘zbekistondagi ta’limga ixtisoslashgan onlayn nashrlardan biri hisoblanadi. Sayt asosan O‘zbekiston va jahon ta’limda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berib boradi.
image image Telefon raqami
+998734225139
image image Email
maorif_2023@mail.ru
MEDIA MAORIF image
Sayt OAV sifatida 2023-yil 16-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ro‘yxatdan o‘tgan. Loyiha muassisi “MEDIA MAORIF” MCHJ hisoblanadi. Sayt O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunda belgilangan tartibda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Bizning hamkorligimiz

image image Loyihalar soni 1
image image Xizmatlar Veb-sayt va CRM tizimlar
image image Muddati: Dekabr 2023 - hozirgacha

"Xalq ta’limi Info" loyihasi 2018-yilda Ulug‘bek Po‘latov tomonidan asos solingan. Ulug‘bek Po‘latov pedagogika sohasida mutaxassis bo‘lib, bakalavriyatni “Tarix” yo‘nalishi bo‘yicha, magistraturani esa “Ta’lim menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Hozirda U Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Faoliyati davomida davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, yoshlar yetakchisi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda Toshkent shahridagi “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Hozirda U Toshkent shahridagi Profi Universityda pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi va “Xalq ta’limi Info” tahririyati direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Ulug‘bek Po‘latov mazkur loyihani ta’lim tizimidagi muammolarni tahlil qilish, ularning yechimlarini topish va tizimda ishlayotgan pedagoglar hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil qilgan.

Loyihalar - 1

Mijoz fikri

image

Ulug'bek Po'latov

Direktor

Xalq ta’limi sohasida qilinayotgan islohotlar tahsinga loyiq. Maktablar yangilanmoqda, o‘qituvchilarga e’tibor ortmoqda va ta’lim sifati oshmoqda. Kelajak avlod uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun rahmat!