Agrobuy
Internet do'koni
Loyiha buyurtmachisi: "BPM GROUP" MCHJ
Loyiha haqida qisqacha ma'lumot:
Agrobuy – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish va sotib olish uchun mo‘ljallangan onlayn e’lonlar doskasi. Ushbu veb-sayt 2020-yilda yaratilgan. Loyiha yaratishning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish va xarid qilish jarayonini osonlashtirish.
Loyiha imkoniyatlari:
-
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi xo‘jalik ro‘yxatdan o‘tishi va mahsulotlarini sotishi mumkin.
-
Sotib oluvchilar veb-saytdagi sotuvchilardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishi mumkin.
-
Veb-sayt foydalanuvchilarga masofadan turib e’lon berish va potensial xaridor topish imkonini beradi.
-
Online to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) orqali e’lonlarni reklama qilish va pullik xizmatlardan foydalanish mumkin.
-
Do‘kon egalari Agrobuy.uz orqali o‘z tovar va xizmatlarini sotish imkoniyatiga ega.
-
Zamonaviy va qulay interfeys orqali saytning barcha funksiyalaridan foydalanish mumkin.
-
Agrobuy.uz administratorlari va moderatorlari veb-saytdagi xizmat ko‘rsatuvchi do‘konlar ma’lumotlarini moderatsiyadan o‘tkazishi mumkin.
-
Administrator boshqaruv paneli orqali online do‘konni boshqarish imkoniyati mavjud.
-
Va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.
Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim
BPM Group
Mijoz🛑 E’lonlar qo‘shish va ularni tahrirlash jarayoni murakkab edi
🛑 Xaridorlar e’lonlar orasida tezda kerakli mahsulotni topishda qiynalardi
🛑 Moderatsiya va e’lonlarni nazorat qilish juda ko‘p vaqt talab qilardi
🛑 Onlayn to‘lov tizimlari orqali pullik xizmatlardan foydalanish qiyin edi
🛑 Foydalanuvchilar interfeysi eskirgan va noqulay edi
🛑 Xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida tezkor aloqa yo‘q edi
Progress Solution Technologies
Kompaniya✅ E’lonlar oddiy va tushunarli shaklda qo‘shiladigan qilib ishlab chiqildi
✅ Qidiruv va filtrlash tizimi orqali xaridorlar kerakli mahsulotni tez topa oladi
✅ Admin va moderatorlar uchun qulay boshqaruv paneli ishlab chiqildi
✅ Click, Payme, Paynet orqali to‘lov tizimlari integratsiya qilindi
✅ Sayt zamonaviy, mobil mos va qulay interfeysga ega bo‘ldi
✅ Xaridor va sotuvchi o‘rtasida tezkor aloqa vositalari yo‘lga qo‘yildi
Texnologik yechimlar
Ish jarayoni
Tahlil va rejalashtirish
Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.
Dizayn va ishlab chiqish
Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.
Sinov va takomillashtirish
Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal
natijaga yetamiz.
Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash
Loyihani ishga tushiramiz va
barqaror ishlashini ta'minlaymiz.