Karyera xizmati
Mobil ilova , Veb-sayt va CRM tizimlar
Loyiha buyurtmachisi:
“Profi University” MCHJ — pedagogika, iqtisodiyot va dasturlash yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydigan xususiy universitet.
Loyiha haqida qisqacha ma’lumot:
Karyera xizmati — “Profi University” xususiy universitetining o‘quv jarayonlarini boshqarishga mo‘ljallangan eduni.uz veb-portali tarkibiga kiruvchi veb-tizim hisoblanadi. Ushbu tizim 2023–2024-yillarda ishlab chiqilgan.
Loyihani ishlab chiqishdan asosiy maqsad — universitet talabalarining elektron portfoliolarini shakllantirish, shuningdek, karyera xizmati faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat.
“Karyera xizmati” axborot tizimining asosiy imkoniyatlari:
-
Universitet talabalarining reyting ma’lumotlarini foydalanuvchilarga taqdim etish;
-
Talaba ma’lumotlari asosida tizim tomonidan avtomatik reyting ko‘rsatkichlarini hisoblash;
-
Har bir talaba uchun shaxsiy onlayn rezume (portfolio) veb-sahifasini shakllantirish;
-
Talabalarning ta’lim jarayoni, erishgan yutuqlari va faolligi haqida ma’lumot berish;
-
Ilmiy maqolalar, mahorat darslari, bloglar va boshqa kontentlarni namoyish etish;
-
Talabalarga yuborilgan ish takliflari bilan tanishish va ular bilan bog‘lanish imkoniyatini yaratish;
-
Ish beruvchilarga talabalar haqida batafsil ma’lumot olish va ishga taklif yuborish imkoniyatini berish;
-
Karyera xizmati faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha funksional imkoniyatlar.
Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim
Profi University
Mijoz🛑 Talabalar reytingini aniqlash va baholash jarayoni qo‘lda va murakkab bo‘lgan
🛑 Talabalar uchun zamonaviy va yagona elektron portfolio (rezume) mavjud emas edi
🛑 Ish beruvchilar bilan talabalar o‘rtasidagi aloqalar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan
🛑 Karyera xizmati faoliyatini monitoring qilish va boshqarish qiyin bo‘lgan
🛑 Ish takliflarini yuborish va ularni kuzatish mexanizmi mavjud emas edi
Progress Solution Technologies
Kompaniya✅ Talabalar reytingi tizim tomonidan avtomatik hisoblanadigan mexanizm joriy etildi
✅ Har bir talaba uchun shaxsiy onlayn rezume (portfolio) sahifasi yaratildi
✅ Ish beruvchilar va talabalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkoniyati yaratildi
✅ Karyera xizmati faoliyatini to‘liq avtomatlashtiruvchi boshqaruv tizimi joriy etildi
✅ Ish takliflarini yuborish, qabul qilish va monitoring qilish funksiyalari ishlab chiqildi
Texnologik yechimlar
Ish jarayoni
Tahlil va rejalashtirish
Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.
Dizayn va ishlab chiqish
Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.
Sinov va takomillashtirish
Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal
natijaga yetamiz.
Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash
Loyihani ishga tushiramiz va
barqaror ishlashini ta'minlaymiz.
Loyihadan vizual lavhalar