Davaktiv Finance
Veb-sayt va CRM tizimlar
"Davaktiv Finans" Axborot tizimi yordamida Davlat aktivlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalar to‘liq elektron tarzda shakllanadi. Jamg‘arma tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning har oy taqsimoti bo‘yicha xarajat maʼlumotlari elektron tarzda shakllanadi hamda real vaqt rejimida hisobot va tahliliy vositalar shakllanadi. Shuningdek, davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobi va hisobot shakllantirishga doir maʼlumotlar 100% elektron tarzda shakllandi.
Axborot tizimining yaratishdan asosiy maqsad va vazifalar quyidagilardan iboratdir:
· Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari yuritish, oldi-sotdi shartnomalarni axborot tizimiga kiritish, reyestrini shakllantirish;
· Oldi-sotdi shartnomalar bo‘yicha debitor-kreditor hisobotlarini shakllantirish;
· Oldi-sotdi shartnomalarga muvofiq mablag‘larning oylik, choraklik va yillik tushum prognozlarini shakllantirish;
· Agentlik ish faoliyatida amalga oshirilgan jarayonlar shaffofligini manfaatdor tomonlar oldidi oshirish;
· Muddati o‘tgan qarzdorlikni, hisoblangan penya hamda jarimani undirish hamda oldi-sotdi shartnomani bekor qilish yuzasidan sudlarga daʼvo arizalarini sud tizimiga elektron tarzda yuborish;
· Ochiqlik va shafoflikni taʼminlash natijasida fuqaro va tadbirkorlarning ishtirokiga keng imkoniyat yaratish orqali turli asossiz xarajatlar, asosiysi korrupsiyaning oldi olish.
Foydalanilgan texnologiyalar: Maʼlumotlar ombori – Oracle, back-end – Laravel PHP Framework, frontend – Vue.js, va boshqalar.
Loyiha komponentlari:
· «Administrator boshqaruv» paneli;
· “Statistika” moduli;
· «Oldi-sotdi shartnomalar» moduli;
· «Sotilgan davlat aktivlari» moduli;
· «Xarajatlar moritoringi» moduli;
· “Taqsimot” moduli;
· “Hisobotlar” moduli;
· “Daromadlar” moduli;
· “Qarzdorlik” moduli;
· “Savol-javob” moduli;
· “Xabarnomalar” moduli;
· «Maʼlumotlarni qidirish» moduli;
· «Shaxsiy kabinet» moduli.
Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Mijoz🛑 Tushum va xarajatlarni elektron shaklda to‘g‘ri yuritish imkoniyati mavjud emas edi.
🛑 Avvalgi jarayonlarning aksariyati qog‘ozbozlikka asoslangan edi.
🛑 Hisobotlarni real vaqt rejimida shakllantirishda muammolar mavjud edi.
Progress Solution Technologies
Kompaniya✅ “Davaktiv finance” axborot tizimi ishlab chiqilib joriy etildi.
✅ Oldi-sotdi shartnomalari, tushum va xarajatlar hisobini yuritish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirildi.
✅ Davlatning boshqa axborot tizimlari bilan real vaqt rejimida integratsiya va sinxronlash yo‘lga qo‘yildi.
✅ Sud organlariga elektron da’vo arizalar yuborish imkoniyati yaratildi.
✅ Prognozlash va hisobotlarni shakllantirish jarayonlari raqamlashtirildi.
✅ Barcha jarayonlarni monitoring qilish va nazorat qilish tizimi joriy etildi.
Texnologik yechimlar
Ish jarayoni
Tahlil va rejalashtirish
Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.
Dizayn va ishlab chiqish
Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.
Sinov va takomillashtirish
Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal
natijaga yetamiz.
Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash
Loyihani ishga tushiramiz va
barqaror ishlashini ta'minlaymiz.