image

Universitet Kutubxonasi

Veb-sayt va CRM tizimlar

Mijozlar Profi University
Loyiha turi Veb-sayt va CRM tizimlar
Ishlab chiqilgan vaqt Dekabr 2023 - May 2024
Saytga o’tish image

Loyiha haqida: «Universitet kutubxonasi» — bu «Profi University» xususiy universitetining kutubxona ishlarini boshqaruvchi axborot tizimi hisoblanadi. Loyiha 2023–2024 yillarda ishlab chiqilgan. Loyihaning asosiy maqsadi universitet kutubxonasidagi moddiy resurslarni hisobga olish, kutubxona ishlarini raqamlashtirish va markazlashgan axborot tizimi orqali boshqarishdir.

Loyiha imkoniyatlari: «Universitet kutubxonasi» axborot tizimida quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:

  • Universitet kutubxona xizmatlarini boshqarish;

  • Axborot tizimidagi elektron katalog orqali kutubxonaning elektron resurslarini qidirish va ulardan foydalanish;

  • Elektron va audio kitoblar, shuningdek kitoblarning video sharhlarini tizimga kiritish va ulardan foydalanish;

  • Universitetning faol kitobxonlari reestrini shakllantirish;

  • Qarzdor kitobxonlarni aniqlash va ulardan jarimalarni undirish;

  • Kutubxona e’lonlari va «Hafta kitobi»ni taqdim etish;

  • Talabalar uchun vizual, qulay interfeys orqali kutubxona xizmatini elektron boshqarish;

  • Kutubxona to‘lovlari va jarimalarini elektron tarzda qabul qilish va boshqarish;

  • Va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.

Foydalanilgan texnologiyalar: Ma’lumotlar ombori – PostgreSQL, Back-end – Laravel PHP Framework, Front-end – Vue.js va boshqalar.

Loyiha modullari:

  • «Bosh menyu yoki statistika» moduli;

  • «Elektron katalog» moduli;

  • «Resurslar» moduli;

  • «Elektron kitoblar» moduli;

  • «Audio kitoblar» moduli;

  • «Video sharhlar» moduli;

  • «Kitobxonlar» moduli;

  • «Qarzdorlik» moduli;

  • «Jarimalar» moduli;

  • «Kutubxona e’lonlari» moduli;

  • «Hafta kitobi» moduli;

  • «Tizim ma’lumotnomalari» moduli;

  • «Shaxsiy kabinet» moduli.

Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim

image

Profi University

Mijoz

🛑 «Profi University» xususiy universitetida kutubxona jarayonlari to‘liq raqamlashtirilmagan edi.

🛑 Kutubxonadagi moddiy resurslarni hisobga olish qo‘lda olib borilgani sababli tartibsizlik va noaniqliklar yuzaga kelardi.

🛑 Elektron katalog va elektron resurslar yagona platformada jamlanmagan edi.

🛑 Qarzdor kitobxonlar, jarimalar, faol o‘quvchilar, kitoblar statistikasi kabi ma’lumotlar avtomatik shakllantirilmas edi.

🛑 Talabalar uchun qulay onlayn interfeys mavjud emas edi.

🛑 Kutubxona e’lonlari, audio/video resurslar va “Hafta kitobi” bo‘yicha tizimli taqdimot yo‘q edi. 

15:42
image

Progress Solution Technologies

Kompaniya

✅ 2023–2024-yillarda «Profi University» va “Progress Solution Technologies” MCHJ o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.
✅ Universitet kutubxona ishlarini raqamlashtirish bo‘yicha «Universitet Kutubxonasi» axborot tizimi yaratildi.
✅ Loyihaning asosiy maqsadi – kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslarni yagona boshqaruv tizimiga birlashtirish va talabalar uchun qulay elektron xizmatlarni taqdim etish.

image 16:15

Texnologik yechimlar

Vue.js
Laravel
Vs Code
PostgreSQL

Ish jarayoni

Tahlil va rejalashtirish

Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.

Dizayn va ishlab chiqish

Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.

Sinov va takomillashtirish

Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal natijaga yetamiz.

Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash

Loyihani ishga tushiramiz va barqaror ishlashini ta'minlaymiz.

Loyihadan vizual lavhalar

Keyingi loyiha

Talabalar Yotoqxonasi