image

Yong‘in Xavfsizligi A’lochisi

Veb-sayt va CRM tizimlar

Mijozlar O'zbekiston Respublikasi FVV
Loyiha turi Veb-sayt va CRM tizimlar
Ishlab chiqilgan vaqt May 2024 - Iyul 2024
Saytga o’tish image
image
image

Loyiha haqida:
«Yong‘in xavfsizligi a’lochisi» axborot tizimi — bu O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan «Yong‘in xavfsizligi a’lochisi» yillik tanlovini o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish imkonini beruvchi tizimdir.

2024 yildan boshlab tadbirkorlar o‘rtasida «Yong‘in xavfsizligi a’lochisi» tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov uch bosqichda tashkil etiladi va ushbu jarayonlar tizimda quyidagicha shakllantirilgan:

  1. Tumanlar (shaharlar) darajasida saralash tadbiri o‘tkaziladi;

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) darajasida saralash tadbiri o‘tkazadi;

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari darajasida yakuniy saralash tadbiri o‘tkaziladi.

Platformani yaratishdan asosiy maqsadlar:

  • Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish;

  • Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashabbuskorlikni rivojlantirish;

  • Tadbirkorlik subyektlarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim darajasini oshirish;

  • Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik e’tiborini keng jalb etish;

  • Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilish vaqtini kamaytirish;

  • Qog‘ozbozlikni butkul (100%) kamaytirish;

  • Tanlov o‘tkazishni to‘liq (100%) shaffof qilish.

Loyiha komponentlari:

  1. Ochiq portal komponenti — tanlov haqida to‘liq ma’lumot beruvchi:

    • “Tanlov ma’lumotlari” bo‘limi

    • “Tanlov yangiliklari” bo‘limi

    • “Kontakt ma’lumotlari” bo‘limi

    • “Savol-javob” bo‘limi

    • “Tanlovdan ro‘yxatdan o‘tish” bo‘limi

    • “Tizimga kirish” bo‘limi

  2. Tadbirkor subyektlari uchun xizmat qiluvchi komponent:

    • “Ro‘yxatdan o‘tish” moduli

    • “Ariza yuborish” moduli

    • “Yuborilgan arizalar” moduli

    • “Bildirishnomalar” moduli

    • “Profil ma’lumotlari” moduli

  3. FVV xodimlari uchun xizmat qiluvchi komponent — tanlovni o‘tkazish va baholash:

    • “Barcha arizalar” moduli

    • “Yangi arizalar” moduli

    • “Saralash” moduli

    • “Baholash” moduli

    • “Tanlov” moduli

    • “Komissiya” moduli

    • “Bildirishnomalar” moduli

    • “Hisobotlar” moduli

    • “Sozlamalar” moduli

    • “Ma’muriyat” moduli

Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim

image

O'zbekiston Respublikasi FVV

Mijoz
🛑 Raqamlashtirilmagan jarayonlar: “Ënғin хавфсизligi аълочиси” tanlovi jarayonlari qo‘lda va turli hujjatlarda yuritilgan, bu esa ishni sekinlashtirgan va xatoliklarga olib kelgan.
🛑 Samaradorlik pastligi: Tuman, viloyat va respublika bosqichlari orasida ma’lumotlar markazlashmagan va tezkor nazorat imkoniyati yo‘q edi.
🛑 Shaffoflik yetishmasligi: Tanlov jarayonida arizalar qabul qilish, saralash va baholash jarayonlari ochiq emas, bu korrupsiya va xatoliklarga sabab bo‘lishi mumkin edi.
🛑 Qog‘ozbozlik va vaqt sarfi: Arizalarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari ko‘p vaqt olardi va ko‘p qog‘oz ishlatilardi.
🛑 Jamoatchilik e’tiborini jalb qilish cheklangan: Tanlov natijalari va yangiliklari jamoatchilikka yetarli darajada yetkazilmagan.
15:42
image

Progress Solution Technologies

Kompaniya

✅ Raqamli tizim yaratish: Tanlovning barcha bosqichlari (tuman, viloyat, respublika) onlayn tizim orqali boshqariladi.
✅ Markazlashgan ma’lumotlar bazasi: PostgreSQL ma’lumotlar ombori yordamida barcha arizalar, baholash va natijalar bir joyda saqlanadi.
✅ Jarayonlarni avtomatlashtirish: Arizalarni qabul qilish, saralash, baholash va bildirishnomalarni avtomatik tarzda yuborish modullari yaratildi.
✅ 100% shaffoflik: Tizim orqali barcha jarayonlar kuzatiladi va natijalar onlayn e’lon qilinadi.
✅ Qog‘ozbozlikni bartaraf etish: Hujjatlar onlayn yuboriladi, qog‘oz ishlatish minimalga tushirildi.
✅ Jamoatchilik e’tiborini oshirish: Ochiq portal orqali tanlov yangiliklari, natijalari va kontaktlar keng jamoatchilikka yetkaziladi.

image 16:15

Texnologik yechimlar

Vue.js
Laravel
PostgreSQL

Ish jarayoni

Tahlil va rejalashtirish

Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.

Dizayn va ishlab chiqish

Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.

Sinov va takomillashtirish

Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal natijaga yetamiz.

Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash

Loyihani ishga tushiramiz va barqaror ishlashini ta'minlaymiz.

Loyihadan vizual lavhalar

Keyingi loyiha

Zilzila Simulyatsiyasi