Najot Ta’lim ERP
Veb-sayt va CRM tizimlar
“Najot Ta’lim ERP” — bu “Najot Ta’lim” xususiy o‘quv markazining o‘quv, moliyaviy va boshqaruv jarayonlarini yagona raqamli platformada boshqarishga mo‘ljallangan axborot tizimidir. Loyiha o‘quvchilar bilan shartnoma tuzishdan boshlab, o‘quv jarayonini tashkil etish, to‘lovlarni monitoring qilish hamda o‘quvchini kursni to‘liq yakunlashigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab oladi.
Axborot tizimi orqali filiallar, kurslar, guruhlar, dars jadvallari, akademiklar va o‘quvchilar bo‘yicha ma’lumotlar markazlashgan holda yuritiladi. Shuningdek, moliyaviy hisob-kitoblar, shartnomalar, statistika va hisobotlar avtomatlashtirilgan tarzda shakllantiriladi.
Foydalanilgan texnologiyalar:
Ma’lumotlar ombori – PostgreSQL, back-end – Node.js, front-end – React.js va boshqalar.
Loyiha modullari:
-
«Guruhlar» moduli;
-
«Kompaniya» moduli;
-
«O‘quv bo‘limi» moduli;
-
«Gamifikatsiya» moduli;
-
«Boshqaruv» moduli;
-
«Dars jadvali» moduli;
-
«Moliya» moduli;
-
«Hisobotlar» moduli;
-
«Tadbir» moduli;
-
«Sozlamalar» moduli.
Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim
Najot Ta'lim
Mijoz“Najot Ta’lim” o‘quv markazi faoliyati kengayib borishi natijasida o‘quv jarayonlari, moliyaviy hisob-kitoblar va boshqaruv ishlari ko‘plab alohida vositalar hamda qo‘lda yuritiladigan jarayonlar orqali amalga oshirilgan. Bu holat quyidagi muammolarni keltirib chiqargan:
🛑 o‘quvchilar, guruhlar, akademiklar va dars jadvallarini markazlashgan tizimda boshqarish imkoniyatining yo‘qligi
🛑 shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorliklarni nazorat qilishda qiyinchiliklar
🛑 o‘quv jarayonlari (uyga vazifa, baholash, davomad) bo‘yicha yagona monitoring tizimining mavjud emasligi
🛑 xodimlar va akademiklar faoliyati bo‘yicha aniq statistik va tahliliy ma’lumotlarning yetishmasligi
🛑 qo‘lda yuritiladigan jarayonlar sababli inson omili ta’sirining yuqoriligi
🛑 boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun real vaqt rejimida ishonchli hisobotlarning yo‘qligi
🛑 o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning faolligini oshirish mexanizmlarining tizimli yo‘lga qo‘yilmagani
Progress Solution Technologies
KompaniyaYuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida “Najot Ta’lim ERP” axborot tizimi ishlab chiqildi va joriy etildi. Ushbu ERP tizimi o‘quv markazining barcha asosiy jarayonlarini yagona raqamli platformada boshqarish imkonini berdi.
Yechim doirasida:
✅ filiallar, auditoriyalar va akademiklar asosida dars jadvallarini avtomatlashtirilgan shakllantirish yo‘lga qo‘yildi
✅ o‘quvchilar, guruhlar, kurslar va o‘quv rejalarini markazlashgan boshqaruv tizimi yaratildi
✅ shartnomalar, qo‘shimcha kelishuvlar, to‘lovlar va qarzdorliklar bo‘yicha to‘liq moliyaviy monitoring joriy etildi
✅ uyga vazifalar, baholash va davomad orqali o‘quvchilar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkoniyati yaratildi
✅ gamifikatsiya va reyting tizimi orqali o‘quvchilar faolligi va motivatsiyasi oshirildi
✅ akademiklar va xodimlar faoliyati bo‘yicha statistik va tahliliy hisobotlar shakllantirildi
✅ buxgalteriya, o‘quv bo‘limi va boshqaruv jarayonlari integratsiyalashgan holda ishlashga o‘tkazildi
✅ rahbariyat uchun tezkor, shaffof va aniq hisobotlar taqdim etildi
Natijada, “Najot Ta’lim” o‘quv markazida boshqaruv samaradorligi sezilarli darajada oshdi, inson omiliga bog‘liqlik kamaydi va ta’lim jarayoni yanada tartibli, shaffof hamda qulay bo‘ldi.
Texnologik yechimlar
Ish jarayoni
Tahlil va rejalashtirish
Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.
Dizayn va ishlab chiqish
Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.
Sinov va takomillashtirish
Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal
natijaga yetamiz.
Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash
Loyihani ishga tushiramiz va
barqaror ishlashini ta'minlaymiz.
Loyihadan vizual lavhalar