Robbit ota-onalar
Mobil ilova
Loyiha haqida:“Robbit ota-onalar” — bu “Robbit” xususiy akademiyasida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari uchun mo‘ljallangan mobil ilova hisoblanadi. Loyiha 2024–2025 yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, 2025 yilda funksional jihatdan kengaytirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi — ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonini doimiy nazorat qilish, darslarni o‘zlashtirish darajasini kuzatish va muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘lib borish imkonini yaratishdir.
Loyiha imkoniyatlari: “Robbit ota-onalar” mobil ilovasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-
Har bir farzandning natijalarini alohida kuzatish;
-
Akademiyada o‘qiyotgan barcha farzandlarni to‘liq monitoring qilish;
-
O‘tgan va rejalashtirilgan darslar jadvalini ko‘rish;
-
Berilgan va bajarilgan uyga vazifalarni ko‘rish;
-
Geymifikatsiya tizimi orqali faollik, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va imtihon natijalarini kuzatish;
-
Reyting tizimi orqali farzandning guruh, haftalik, oylik va filiallar kesimidagi o‘rnini ko‘rish;
-
Akademiya yangiliklari va tadbirlarini kuzatish;
-
Farzand tarbiyasi va ta’limga oid foydali maqolalarni o‘qish;
-
Yaqinlarni taklif qilish orqali chegirmalarga ega bo‘lish;
-
Va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.
Loyiha modullari:
-
“Farzandlaringiz” moduli
-
“Uyga vazifa” moduli
-
“Yangiliklar” moduli
-
“Tadbirlar” moduli
-
“Qo‘shimcha maqolalar” moduli
-
“Natijalar” moduli
-
“Reyting” moduli
-
“Taklif qilish” moduli
-
“Profil” moduli
Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim
Najot Ta'lim
Mijoz🛑 Ota-onalar farzandlarining darslardagi ishtiroki va bilimlarni o‘zlashtirish holatini doimiy kuzatib borish imkoniyatiga ega emas edi
🛑 Bir oilada bir nechta farzand o‘qiyotgan holatda ularni alohida va umumiy nazorat qilish qiyin bo‘lgan
🛑 Dars jadvallari, bo‘lib o‘tgan va rejalashtirilgan darslar haqida tezkor ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan
🛑 Uyga vazifalar va ularning bajarilish holati haqida ota-onalarga yetarli va aniq ma’lumot yetib bormagan
🛑 Farzandlarning faolligi, gamifikatsiya natijalari va reytingdagi o‘rni kuzatib borilmagan
🛑 Akademiya yangiliklari, tadbirlari va qo‘shimcha ta’limiy materiallardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish imkoniyati cheklangan
Progress Solution Technologies
Kompaniya✅ Mobil ilova orqali ota-onalar farzandlarining o‘quv natijalarini real vaqt rejimida kuzatishi mumkin.
✅ Ilova barcha farzandlarni alohida va umumiy ko‘rinishda kuzatishga imkon beradi.
✅ Farzandlarning o‘tgan va kelajakdagi darslari ilovada ko‘rinadi.
✅ Uyga vazifalar va ularning bajarilish holati mobil ilova orqali kuzatiladi.
✅ Gamifikatsiya va reyting tizimi orqali farzandning guruh, hafta, oy va filial bo‘yicha o‘rni ko‘rinadi.
✅ Ilova orqali yangiliklar, tadbirlar va foydali maqolalar doimiy yetkaziladi.
Texnologik yechimlar
Ish jarayoni
Tahlil va rejalashtirish
Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.
Dizayn va ishlab chiqish
Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.
Sinov va takomillashtirish
Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal
natijaga yetamiz.
Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash
Loyihani ishga tushiramiz va
barqaror ishlashini ta'minlaymiz.