image

Robbit ERP

Texnik hujjatlar

Mijozlar Najot Ta'lim
Loyiha turi Texnik hujjatlar
Ishlab chiqilgan vaqt Mart 2024 - Iyun 2025
Saytga o’tish image

Loyiha haqida: “Robbit ERP” — bu “Robbit” xususiy akademiyasining ish jarayonlarini boshqaruvchi axborot tizimi hisoblanadi. Loyiha 2023–2024 yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, 2024–2025 yillarda funksional jihatdan kengaytirilgan. Loyihani ishlab chiqishdan asosiy maqsad — o‘quv markazida amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni, ya’ni o‘quvchilar bilan shartnoma tuzishdan boshlab, o‘quvchining kursni to‘liq yakunlashigacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olishdir.

Loyiha imkoniyatlari:
“Robbit ERP” axborot tizimi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Lokatsiyalar, filiallar va auditoriyalar qo‘shish hamda ular asosida xonalar va akademiklar bo‘yicha dars jadvallarini shakllantirish;

  • Kurslar qo‘shish, o‘quv materiallari va o‘quv rejalarini yaratish;

  • Xodimlar va akademiklarni qo‘shish hamda ular bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yuritish;

  • Guruhlar shakllantirish, dars jadvallari va akademiklarni biriktirish, o‘quvchilarni guruhlarga qo‘shish;

  • Uyga vazifalar qo‘shish va ularning muddatlarini boshqarish orqali o‘quvchilar samaradorligini oshirish;

  • Geymifikatsiya tizimi orqali o‘quvchilarni faolligi, uyga vazifalarni o‘z vaqtida bajarishi va imtihon natijalari asosida rag‘batlantirish;

  • O‘quvchilar o‘rtasida reyting tizimini shakllantirish;

  • O‘quv markazining buxgalteriya jarayonlarini boshqarish;

  • Xodimlar, akademiklar va o‘quvchilar haqidagi umumiy ma’lumotlarni yuritish;

  • Akademiklar va o‘quvchilarning to‘lov monitoringini olib borish;

  • Shartnomalar va qo‘shimcha kelishuvlarni shakllantirish hamda bekor qilingan shartnomalar bilan ishlash;

  • Shartnomalar asosida to‘lov ma’lumotlarini kiritish;

  • Statistik ma’lumotlar bilan ishlash.

Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim

image

Najot Ta'lim

Mijoz

🛑 O‘quvchilar, guruhlar, shartnomalar va to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotlar tarqoq holatda yuritilgan

🛑 Dars jadvallarini filial, auditoriya va ustozlar bo‘yicha boshqarish qiyin bo‘lgan

🛑 Shartnoma va qarzdorliklarni nazorat qilishda xatolar ko‘paygan

🛑 O‘quvchilar faolligini baholash va rag‘batlantirish tizimi mavjud bo‘lmagan

🛑 Statistika va hisobotlarni tezkor olish imkoni bo‘lmagan

15:42
image

Progress Solution Technologies

Kompaniya

✅ Barcha o‘quv, moliyaviy va tashkiliy jarayonlar yagona ERP tizimga jamlandi

✅ Dars jadvallari avtomatik shakllantirildi

✅ Shartnoma, to‘lov va qarzdorliklar real vaqt rejimida nazorat qilindi

✅ Gamifikatsiya va reyting tizimi joriy etildi

✅ Statistik va tahliliy hisobotlar avtomatik ishlab chiqildi

image 16:15

Texnologik yechimlar

Vue.js
Figma
Node.js
PostgreSQL

Ish jarayoni

Tahlil va rejalashtirish

Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.

Dizayn va ishlab chiqish

Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.

Sinov va takomillashtirish

Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal natijaga yetamiz.

Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash

Loyihani ishga tushiramiz va barqaror ishlashini ta'minlaymiz.

Loyihadan vizual lavhalar

Keyingi loyiha

Robbit ota-onalar