Vatandoshlar
Veb-sayt va CRM tizimlar
"Vatandoshlar" jamg'armasi raqamli ish joyi platformasi yordamida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan olib borilayotgan muloqotlar va ularning natijalari to'liq elektron tarzda shakllanadi. Fond xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarning har kun taqsimoti bo'yicha ma'lumotlar elektron tarzda shakllanadi hamda real vaqt rejimida hisobot va tahliliy vositalar shakllanadi. Shuningdek, vatandoshlar bilan bog'liq ma'lumotlar bazasi va portfolio shakllantirishga doir ma'lumotlar 100% elektron tarzda shakllandi.
Axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad va vazifalar:
· Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan olib borilayotgan muloqotlar va ularning natijalarini onlayn shakllantirish, elektron portfolio yaratish;
· Har bir vatandosh uchun elektron portfolio shakllantirish va davlatlar kesimida ma'lumotlar bazasini yaratish;
· Xodimlar faoliyatini monitoring qilish, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish va KPI ko'rsatkichlarini hisoblash;
· Fond faoliyatida amalga oshirilgan jarayonlar shaffofligini manfaatdor tomonlar oldida oshirish;
· Muddati yaqinlashayotgan yoki o'z vaqtida bajarilmagan topshiriqlar bo'yicha avtomatik xabarnomalar yuborish va ogohlantirish choralarini ko'rish;
· Ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash natijasida xodimlar va volontyorlarning samarali ishlashiga keng imkoniyat yaratish orqali turli asossiz xarajatlar va korrupsiyaning oldini olish.
Loyiha komponentlari:
· Administrator boshqaruv paneli - foydalanuvchilarni boshqarish va tizim sozlamalarini o'zgartirish;
· Statistika moduli - umumiy ko'rsatkichlar va KPI hisobotlari;
· Vatandoshlar bazasi moduli - davlatlar kesimida vatandoshlar ma'lumotlarini saqlash va boshqarish;
· Muloqot tarixi moduli - vatandoshlar bilan olib borilgan muloqotlarni qayd etish;
· Topshiriqlar monitoring moduli - xodimlarga biriktirilgan topshiriqlarni kuzatish;
· Xodimlar faoliyati moduli - kunlik bajarilgan ishlarni kiritish va tahlil qilish;
· Hisobotlar moduli - kunlik, haftalik, oylik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
· Xabarnomalar moduli - avtomatik bildirishnomalar va tug'ilgan kun tabriknomalari;
· Chat (muloqot) moduli - xodimlar va volontyorlar o'rtasida onlayn muloqot;
· Ma'lumotlarni qidirish moduli - tizimda saqlangan ma'lumotlarni tez qidirish;
· Shaxsiy kabinet moduli - har bir foydalanuvchi uchun individual interfeys;
· GPT yordamchi moduli - sun'iy intellekt asosida virtual yordamchi xizmati.
Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim
“Vatandoshlar” jamoat fondi
Mijoz🛑 Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan olib borilayotgan muloqotlar va natijalar to‘liq elektron tarzda yuritilmagan
🛑 Fond xodimlari tomonidan bajarilgan ishlarning kunlik taqsimoti va KPI ko‘rsatkichlari aniq kuzatilmagan
🛑 Ma’lumotlar bazasi va vatandoshlar portfoliolarini shakllantirish murakkab va vaqt talab qiluvchi bo‘lgan
🛑 Fond faoliyati shaffofligi va hisobotlar tayyorlash jarayoni samarali emas edi
🛑 Muddati yaqinlashayotgan topshiriqlar va bajarilmagan ishlar bo‘yicha xabardor qilish imkoniyati cheklangan
🛑 Xodimlar va volontyorlar o‘rtasida tezkor muloqot va ma’lumot qidirish qiyin bo‘lgan
🛑 Sun’iy intellekt yordamida yordamchi xizmat mavjud emas edi
Progress Solution Technologies
Kompaniya✅ Platforma orqali barcha muloqotlar va natijalar 100% elektron shaklda saqlanadi va onlayn portfolio sifatida shakllantiriladi
✅ Xodimlar faoliyati, topshiriqlar va KPI indikatorlari real vaqt rejimida monitoring qilinadi
✅ Har bir vatandosh uchun elektron portfolio va davlatlar kesimida ma’lumotlar bazasi yaratildi
✅ Statistika va hisobot modullari orqali kunlik, haftalik, oylik va yillik hisobotlar avtomatik shakllanadi
✅ Xabarnomalar moduli orqali avtomatik ogohlantirish va bildirishnomalar yuboriladi
✅ Chat moduli va ma’lumotlarni qidirish moduli orqali tezkor onlayn muloqot va ma’lumot qidirish imkoniyati yaratildi
✅ GPT yordamchi moduli orqali virtual yordamchi xizmat joriy etildi
Texnologik yechimlar
Ish jarayoni
Tahlil va rejalashtirish
Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.
Dizayn va ishlab chiqish
Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.
Sinov va takomillashtirish
Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal
natijaga yetamiz.
Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash
Loyihani ishga tushiramiz va
barqaror ishlashini ta'minlaymiz.