image

Qadriyatim

Mobil ilova , Veb-sayt va CRM tizimlar

Mijozlar Ma'rifat
Loyiha turi Mobil ilova , Veb-sayt va CRM tizimlar
Ishlab chiqilgan vaqt Avgust 2025 - Oktabr 2025
Saytga o’tish image
image
image

LOYIHANING MAQSADI

“Qadriyatim.uz” — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan topshiriq asosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yaratilayotgan milliy qadriyatlar atlasi platformasidir. Loyiha O‘zbek xalqining boy milliy, ma’naviy va madaniy merosini raqamli shaklda to‘plash, saqlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan.

ASOSIY VAZIFALAR

Loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini raqamli shaklda to‘plash va tizimlashtirish; internet tarmog‘ida milliy qadriyatlar bo‘yicha to‘liq va ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratish; zamonaviy texnologiyalar (veb-sayt va mobil ilova) orqali fuqarolarga qulay va tushunarli formatda yetkazish; ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi, interaktiv raqamli tizimga o‘tkazish; media makonida o‘zbek milliy qadriyatlarining o‘rnini va nufuzini mustahkamlash.

LOYIHA TARKIBI

Loyiha ikki asosiy qismdan iborat:
— qadriyatim.uz domenida joylashadigan to‘liq funksional veb-sayt;
— Android va iOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqiladigan mobil ilova.

PLATFORMANING IMKONIYATLARI

Platforma foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: moddiy va nomoddiy madaniy merosni o‘z ichiga olgan milliy qadriyatlar katalogi; interaktiv xarita orqali hududlar kesimida milliy qadriyatlarni ko‘rish; video, foto va animatsion materiallar orqali qadriyatlar bilan tanishish; viktorinalar va so‘rovnomalarda ishtirok etish imkoniyati.

Mijoz duch kelgan muammo va bizning yechim

image

Ma'rifat

Mijoz
🛑 Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar haqidagi ma’lumotlar turli manba va platformalarda tarqoq holda joylashgan bo‘lib, yagona va ishonchli axborot bazasi mavjud emas edi.
🛑 Ma’lumotlarning aksariyati raqamlashtirilmagan yoki zamonaviy formatda taqdim etilmagani sababli keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar uchun foydalanish qiyin edi.
🛑 Hududlar kesimida milliy qadriyatlarni tizimli tarzda ko‘rish va taqqoslash imkoniyati cheklangan edi.
🛑 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosan an’anaviy usullarda olib borilib, interaktivlik va raqamli yondashuv yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan edi.
15:42
image

Progress Solution Technologies

Kompaniya
✅ Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida “Qadriyatim.uz” milliy qadriyatlar atlasi platformasi ishlab chiqildi.
✅ Milliy qadriyatlar yagona markazlashgan ma’lumotlar bazasida jamlanib, to‘liq raqamlashtirildi.
✅ Veb-sayt va mobil ilova orqali foydalanuvchilarga qulay, zamonaviy va interaktiv formatda taqdim etildi.
✅ Interaktiv xarita yordamida hududlar kesimida milliy qadriyatlarni ko‘rish va tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
✅ Video, foto va animatsion materiallar orqali kontentning ta’sirchanligi oshirildi.
✅ Viktorinalar va so‘rovnomalar orqali foydalanuvchilarni faol ishtirok etishga undovchi raqamli muhit yaratildi.
image 16:15

Texnologik yechimlar

Vue.js
Figma
Laravel
PostgreSQL
Flutter

Ish jarayoni

Tahlil va rejalashtirish

Loyihangizni chuqur tahlil qilib, aniq strategiya ishlab chiqamiz.

Dizayn va ishlab chiqish

Sizning talablaringiz asosida zamonaviy va qulay interfeys yaratamiz.

Sinov va takomillashtirish

Sizning fikrlaringizni inobatga olib, optimal natijaga yetamiz.

Ishga tushirish va qo‘llab-quvvatlash

Loyihani ishga tushiramiz va barqaror ishlashini ta'minlaymiz.

Loyihadan vizual lavhalar

Keyingi loyiha

Bisyor